Press-relizlar
O`zbekistonda HVAC – Akuatermanning O`zRTXB Toshkent 2022
"Isitish, ventilyasiya, havoni kondisionerlash, suv ta'minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm ® Tashkent 2022" xalqaro ko'rgazmasi bu yil o'zining birinchi tantanali sanasi – 10-yillik yubileyini nishonlamoqda va 28-30-sentyabr kunlari O'zekspomarkaz MKKning № 3, 4 pavilonlarida bo'lib o'tadi, shuningdek, tashqi ekspozisiyani egallaydi.
Aquatherm® — bu Reed Messe Wien GmbH kompaniyasiga tegishli jahonga mashhur brend bo'lib, uning ostida dunyoning ko'plab mamlakatlarida shunga o'xshash ko'rgazma o'tkaziladi. O'zbekistonda u birinchi marta UzBuild xalqaro qurilish ko'rgazmasi doirasida foydalanilgan va Iteca Exhibitions ko'rgazma kompaniyasi ushbu brenddan foydalanish huquqiga ega bo'lgan yagona yuridik shaxs hisoblanadi.
Quvonarlisi shuki, bu yil Aquatherm® Tashkent ko'rgazmasi yangi formatda – mustaqil tadbir sifatida o'tkazilib, suv ta'minoti, energiya tejamkorligi, kanalizasiya, isitish, sun'iy iqlim hosil qilish, ventilyasiya, santexnika va hovuz uskunalari sohasidagi etakchi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarni yana bir joyga jamlaydi. Ko'rgazma ekspozisiyasida iqlim hosil qilish tizimlaridan tortib hammom jihozlarigacha bo'lgan bozor yangiliklari va eng so'nggi ishlanmalar namoyish etiladi.
Aquatherm® Tashkent 2022 ko'rgazmasida 12 mamlakatdan 110 ta kompaniya ishtirok etadi: Ozarbayjon, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Polsha, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, O'zbekiston, Shvesiya va bu ko'rsatgich 2021 yilga nisbatan 50 foizga ko'pdir. Ko'rgazma ishtirokchilarining bunday o'sishi ko'rgazmaga bo'lgan qiziqishning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Turkiya milliy ekspozisiyasining tarkibida iqlim hosil qilish, sovutish, markazlashgan isitish, izolyasion materiallari, plastik quvurlar, fitinglar, nasoslar, qozonxonalar, radiatorlar va santexnika sohasidagi dolzarb ishlanmalarni namoyish etadigan 39 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tashrif etadi. An'anaga ko'ra, Aquatherm® Tashkent'da Turkiyaning havoni kondisionerlash sanoati eksportchilari uyushmasi (ISIB) namoyish etiladi, uning ekspozisiyasi o'tgan yillarga nisbatan oshgan.
Ko'rgazma debyutantlari orasida: Aquaphor Professional, Zetkama, Packman, Moskva viloyati eksportni qo'llab-quvvatlash markazi, Swegon, Bastion, Omsk innovasion texnologiyalar zavodi, Casela, Istanbul Genlesme ve Hidrofor Tankları Makine San. ve Tic. A.S., Ryazan viloyati biznesni rivojlantirish agentligi, Kazplast, Ostendorf, Ustunel Pompa Makine San. Tic. A.S., Tech Controllers, Ventsys va hokazo.
Doimiy ishtirokchilar orasida: Nova Plastik Sanayi Ticaret A.S., Turk Demirdokum Fabrikalan, Jihozvent, Royal, Shivaki, Viessmann, Grohe, Midea (O'zbekiston/Xitoy), Navien, Daesung Industrial Corporation, Pedrollo, Fondital, Rosturplast, Egeplast Ege Plastik Tic. ve San. A.S., Kan Sp. Z o.o., K-Flex, Uzclimat kompaniyalari va boshqalar.
Ko'rgazmaning ishchi dasturi doirasida "Omzit" YOAJning "Marketologlar o'yinlari. Zamonaviy issiq va suv quvurlari qozonlarini tanlash xususiyatlari" mavzusida mutaxassislar va potentsial hamkorlar uchun qiziqish uyg'otadigan seminari bo'lib o'tadi.
O'tkazilish vaqti va joyi: 28-sentyabr, 14:00 – 17:00, Atrium 2 zali, "O'zekspomarkaz" MKK.
Ko'rgazmaning 10 yillik faoliyati davomida unda 27 mamlakatdan 674 kompaniya va brendlar ishtirok etishdi. Germaniya, Chexiya, Finlyandiya (Finlyandiya suv forumi) kompaniyalari milliy ekspozisiyalari bilan chiqishgan. Shu vaqt ichida ko'rgazma 15 199 professional mutaxassislarga mahsulot va texnologiyalarni taqdim etdi va shu kungacha biznes aloqalarini o'rnatish va bozorning dolzarb yangiliklarini o'rganish uchun talabga sazovor biznes maydoni hisoblanadi.
Rasmiy ko'mak: O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar va Tashqi Savdo Vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat Palatasi.
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK)
![]() |
![]() |
Hamkor:![]()
Ko'rgazma tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; aquatherm@iteca.uz
www.aquatherm-tashkent.uz

