14-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026" ko’rgazmasi

6 - 8 oktabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Aquatherm Tashkent 2023 ko`rgazmasi: Sizning qulayligingiz uchun innovatsiyalar


«Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta'minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2023» 11-Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini 2023-yil 4-oktyabrdan 6-oktyabrgacha “O‘zekspomarkaz” MKKda, 1- va 2-pavilonlarda namoyish etadi.

Aquatherm Tashkent ko‘rgazmasi O‘zbekistonda UzBuild’dan keyingi ikkinchi yirik qurilish tadbiridir. Qurilish sohasi va sanoat jadal rivojlanayotgan bir paytda, infratuzilmaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, ushbu ko‘rgazma muhandislik tizimlari, ventilyatsiya, kanalizatsiya va suv ta’minotiga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi va bu qurilish sektorining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi.

Bu yilgi ko‘rgazma ishtirokchilari soni bo‘yicha rekord darajaga yetdi. Dastlabki marta 10 ta mamlakatdan 151 ta kompaniya ishtirok etmoqda: Belarus, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Rossiya, Turkiya, Xitoy va O‘zbekiston. Bu O‘zbekiston qurilish bozoriga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Eng yangi texnologiyalar va HVAC/R sohasi mahsulotlarini namoyish etish istagi buni yanada isbotlaydi. 2025-yilgi Osiyo o‘yinlari va Para-o‘yinlari munosabati bilan sport inshootlari va Olimpiya shaharchasining barpo etilishi ham ko‘rgazmaga qo‘shimcha rag‘bat berdi.

Ko‘rgazma yil sayin nafaqat sanoat mutaxassislari, balki aholining ham e’tiborini jalb qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, uy va ofisda maksimal qulaylik yaratishga bo‘lgan intilish bilan bog‘liq.

Bu yilgi ekspozitsiyada bozor yangiliklari, so‘nggi ishlanmalar, maishiy santexnikadan tortib konditsioner tizimlari va qayta tiklanuvchi energiya uskunalarigacha namoyish etiladi. Ko‘rgazma soha professionallarini bir maydonga jamlab, so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishish, yirik ishlab chiqaruvchilar bilan muloqot qilish, biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish, foydali shartnomalar tuzish hamda soha tendensiyalaridan boxabar bo‘lish imkonini beradi.

Turkiya milliy ekspozitsiyasi doirasida İSİB – havoni konditsionerlash sanoati eksportchilari uyushmasining 17 ta a’zosi o‘zlarining eng yangi ishlanmalari, sanoat ventilyatsiya uskunalari, elektr generatorlari, suv tozalash kimyoviy moddalarini va boshqa ko‘plab mahsulotlarni taqdim etadi.

Rossiya Federatsiyasi jamoaviy stendlari Moskva va Chelyabinsk viloyatlari tomonidan taqdim etilib, u yerda turli quvurlar, armaturalar, po‘lat va jez sharli klapanlar, elektr isitgichlar va boshqa mahsulotlar namoyish etiladi.

Xitoy Xalq Respublikasidan ishtirokchilarning tarkibi ancha salmoqli – 58 ta kompaniya isitish va suv tizimlari, nasoslar, gaz, suv va yog‘ quvurlari, alyuminiy radiatorlar, sovutkichlar, freonlar, suv hisoblagichlar, kondensatorlar va boshqa ko‘plab mahsulotlarni taqdim etadi.

Mahalliy kompaniyalar soni ortgan – 24 ta o‘zbek kompaniyasi nasos uskunalari, mis quvurlar, suv qozonlari, radiatorlar, iqlim tizimlari va santexnika mahsulotlarini namoyish etadi.

Doimiy ishtirokchilar qatoriga Akfa Group, Artel, Jihozvent MChJ, Uzclimat kiradi.

Yangi ishtirokchilar orasida ENTROPIE GmbH (Germaniya), Smavit Spa (Italiya), Rossiyadan Klivet MChJ, Alterplast, Rols MChJ (ROLS ISOMARKET), Ventart Group MChJ, SЭMЗ РЭМО, Тепловодохран NPP MChJ, Delsot, Ravani-rus, S-TENK, Bologov armatura zavodi, Atek (AWT), Teplov va Suxov, ASTA, Vodomer, Fachmann Rus; O‘zbekistondan – Lider Team MChJ (Vakio), Leo Pump, Chisty Bereg Vostok, Best Thermo Solutions, Addeti-Group, Max Vent Servis, Klimat Ekspert MChJ, HEAT-CLIMATE hamda GDMECO Co., Ltd (Koreya Respublikasi) bor.

Aquatherm® – bu butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan nufuzli brend ostidagi ko‘rgazma. O‘zbekistonda bu brenddan foydalanish huquqiga ega yagona kompaniya – Iteca Exhibitions hisoblanadi.

Rasmiy ko‘mak:
Support 1 Support 2 Support 3


Tashkiliy ko‘mak: “O‘zekspomarkaz” MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)

Hamkor:

Ko‘rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va ICA Eurasia Group.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 18 18
Email: pr@iteca.uz; aquatherm@iteca.uz
Veb-sayt: www.aquatherm-tashkent.uz