Press-relizlar
Aquatherm Tashkent 2021 ko’rgazmasida HVAC sanoatining o’zaro ta’siri
HVAC sanoatining asosiy tadbiri – 9-Xalqaro "Isitish, ventilyatsiya, sun'iy iqlim hosil qilish, suv ta'minoti, santexnika, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari muqobil energiya manbalari – Aquatherm Tashkent 2021" ko'rgazmasida yuzlab yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislar ikki yillik tanaffusdan so'ng 22–24-sentyabr kunlari Toshkentda, yangi maydonda – Anhor Lokomotiv bog'ida yana uchrashadilar.
O'zbekiston qurilish sohasi jadal rivojlanmoqda va isitish, ventilyatsiya, sun'iy iqlim hosil qilish va suv ta'minoti bozorida yuqori faollik davom etmoqda. Ikki yil ichida segmentda "aqlli" texnologiyalar va aqlli qurilmalar, barqaror va ekologik jihatdan qulay yechimlar, jarayonlarni avtomatlashtirish va muqobil energiyani ishlab chiqarishda qo'llash kabi yangi tendentsiyalar paydo bo‘ldi. 2021-yil O'zbekiston qurilish sohasida yuqori ish faoliyatini namoyish etmoqda va respublikaning keng ko'lamli qurilish ishlari sharoitida bunday tadbir – Aquatherm Tashkent 2021 – juda dolzarb hisoblanadi.
"Aquatherm Tashkent 2021" ko'rgazmasi to'qqizinchi marta suv ta'minoti, energiya ta'minoti, kanalizatsiya, isitish, sun'iy iqlim hosil qilish, ventilyatsiya, santexnika va havzalarni jihozlash sohasida yetakchi ishlab chiqaruvchilarni bir maydonga to'playdi. Noyob ekspozitsiya bozorning so'nggi yangiliklari va zamonaviy ishlanmalarini taqdim etadi: sun'iy iqlim va sovutish texnologiyalari, suv ta'minoti va markaziy isitish tizimlari – sanoat va maishiy qozonxonalar, kanalizatsiya uskunalari, quvurlar va fitinglar, santexnika va hammom jihozlari.
Bu yilgi ko'rgazma mutaxassislar va mehmonlar e’tiboriga 11 mamlakatdan 50 dan ortiq kompaniyani taqdim etadi: Ozarbayjon, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Chexiya, Polsha, Rossiya, Turkiya va O'zbekiston.
Turkiya milliy ekspozitsiyasi tarkibida 20 ta ishlab chiqaruvchi kompaniya sun'iy iqlim, sovutish, markaziy isitish, izolyatsion materiallar, plastik quvurlar, fitinglar, nasoslar, qozon va radiatorlar ishlab chiqarish sohasidagi dolzarb ishlanmalarni namoyish etadi. Birinchi marta İSİB – Turkiya sun'iy iqlim sanoati eksportchilari uyushmasi Aquatherm Tashkent’da ishtirok etadi.
Ko'rgazma debyutantlari: Alindair Sogutma Sistemleri, Termofan Havalandirma Sistemleri (Turkiya), Texnopark/Proline (O'zbekiston), Bertys Machinery (Qozog'iston), Kan Sp. Z o. o., Aquafilter Europe (Polsha), Lammin, Smartex Group, Emek Russia, Plastik (Rossiya), Azertexnolayn (Ozarbayjon), Taizhou Zhongyue Sanitary Ware (Xitoy) va boshqalar.
Doimiy ishtirokchilar: Poelsan Plastik San., Turk Demirdokum Fabrikalari (Turkiya), Jihozvent, Royal, Shivaki, Akfa (O'zbekiston), Grohe (Germaniya/Qozog'iston), Hisense (O'zbekiston/Xitoy) va boshqalar.
Umuman olganda, xorijiy eksponentlar 74% ni tashkil etadi. Mahalliy kompaniyalar ulushi 26% – ular ventilyatsiya uskunalari, iqlim texnikasi, sanoat va maishiy konditsionerlar, qozonlar, santexnika va kafel ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilardir.
"Aquatherm Tashkent" bugungi kunda HVAC sanoatining eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblanadi, chunki u nafaqat mahsulot va texnologiyalarni namoyish qilish, balki xorijiy va mahalliy mutaxassislar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri biznes muloqot olib borish uchun ham samarali platformadir.
Tashkilotchilar, ijtimoiy mas'uliyatli kompaniya sifatida, ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning salomatligini ta'minlash uchun ko‘rgazmaga puxta tayyorgarlik ko‘rdilar. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Koronavirusga qarshi Respublika maxsus komissiyasi va Jahon ko‘rgazma sanoati uyushmasi (UFI) talablariga qat’iy muvofiq holda o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmaga rasmiy ko‘mak ko‘rsatdilar:
- O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Texnik hamkor: Led Design Group
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions va uning hamkori – ICA Eurasia xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 18 18
Faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz
Veb-sayt: www.aquatherm-tashkent.uz