Press-relizlar
Aquatherm® Tashkent 2025: Global texnologiyalar – mahalliy yechimlar

«Isitish, ventilyatsiya, havoni sovutish va isitish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" 13-Xalqaro ko‘rgazmasi 7-9 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning 1 va 2-pavilyonlarida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchi: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Aquatherm® Tashkent O‘zbekistondagi sohaga oid asosiy ko‘rgazma bo‘lib, u HVAC texnologiyalari, suv ta’minoti, santexnika va boshqa sektorlardagi eng so‘nggi ishlanmalar, yangi mahsulotlar va innovatsiyalarni taqdim etadi.
Aquatherm® Tashkent ko‘rgazmasining dolzarbligi O‘zbekistonda isitish, ventilyatsiya, havoni sovutish va isitish, suv ta’minoti, santexnika va ekologik toza texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy yechimlarga talab ortib borayotgani bilan belgilanadi. U nafaqat keng ko‘lamli innovatsiyalar va amaliy yechimlarni taklif etish orqali ushbu ustuvor yo‘nalishlarni aks ettiradi, balki o‘zbekistonlik mutaxassislar, dilerlar, distribyutorlar va xalqaro hamkasblar o‘rtasida biznes muloqoti uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda keng ko‘lamli qurilish loyihalari amalga oshirilayotgan bir paytda, ko‘rgazmada keng namoyish etiladigan zamonaviy muhandislik tizimlarisiz turar-joy va ishlab chiqarish obyektlari infratuzilmasini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Aquatherm® Tashkent 2025 ko‘rgazmasida quyidagi 13 davlatdan - BAA, Chexiya, Eron, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Xitoy va O‘zbekiston - 175 kompaniya ishtirok etadi.
Xorijiy va mahalliy kompaniyalar ko‘rgazmaning barcha segmentlari bo‘yicha zamonaviy mahsulotlar va texnologiyalarni taqdim etadilar, ular mutaxassislar va turdosh soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otadi, xususan:
“Isitish” boʻlimida Daboo Sanat (Eron), Guangdong Vston Thermal Technology Co., Ltd, Jiangxi Avonflow HVAC Tech Co., Ltd. va Anhui Youyu Electric Heating Equipment Co., Ltd. (Xitoy) kompaniyalarining radiatorlari, qozonlari va “issiq pol” tizimlari namoyish etiladi.
Ruck Ventilatoren (Germaniya), Byxoon HK Trading Limited (Gonkong), Guangzhou Zhigao Freeze Equipment Ltd. va Jiangsu Zhexue Cold Chain Equipment Co., Ltd. (Xitoy) kabi “Havoni sovutish va isitish va ventilyatsiya” bo'limi ishtirokchilari tomonidan maishiy yechimlardan tortib sanoat yechimlarigacha bo'lgan keng turdagi mahsulotlar taklif etiladi.
Klapanlar, filtrlar, nasoslar, reduktorlar, septiklar Azertechnoline (Ozarbayjon), Afriso Euro-Index Gmbh, Herborner Pumpenfabrik (Germaniya), Junhe Pumps Holding Co., Ltd., Fujian New Yinjia Pump Co., Ltd. (Xitoy) kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi.
"Maishiy va muhandislik santexnika" bo'limida quyidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning quvurlari, suv hisoblagichlari, fitinglar, kranlar va dush kabinalari namoyish etiladi: Nupi Industrie Italiane S.p.A. (Italiya), Keruen Plus, ТОО (Qozog'iston), Chaozhao Chaoan Dayao Bathroom Equipment Industry Co., Ltd., Guangdong Huaxia Ceramic Technology Co., Ltd, Guangdong Jiohol Ceramic Sanitary Ware Co., Ltd., Cixi Jiayue Sanitary Ware Co., Ltd., Heshan Dingquan Sanitary Ware Industry Co., Ltd. (Xitoy).
Ko'rgazmada Rossiya Federatsiyasining hududlari, jumladan, Moskva, Kaluga va Ulyanovsk viloyatlari va Perm o'lkasining mintaqaviy ekspozitsiyalari jamoaviy tarzda ishtirok etadi. Ularning stendlarida moslashuvchan santexnika ulanishlari, geomembranalar, hammomxonalar uchun santexnika jihozlari, kompozit oshxona lavabolari, hammomxona mebellari kabi muhandislik yechimlari bilan tanishish mumkin.
Turkiya HVAC va R eksportchilar uyushmasi (ISIB) mahsulotlari an'anaviy ravishda katta qiziqish uyg'otadi. Uning a'zolari orasida isitish, ventilyatsiya, havoni sovutish va isitish sohasidagi so'nggi ishlanmalarini namoyish etadigan ishlab chiqaruvchilar mavjud.
Xitoy kompaniyalari isitish va iqlim uskunalaridan tortib, kranlar, santexnika va hammomxonalar aksessuarlarigacha bo'lgan keng ko’lamli yechimlarni taqdim etadi.
Bir necha yildirki, ko'rgazma Rols Isomarket (Rossiya), KAN Sp. z o.o. (Polsha), Azertechnoline (Ozarbayjon), Termofan (Turkiya), Midea (O'zbekiston), Chudej (Chexiya) va boshqa kompanialarni bir maydonda jamlaydi.
Aquatherm® Tashkent 2025 debyutantlari qatoridan Warm Air, Septic Eco Water, Metin Iroda, Mesmer-East, Mesal Water Technologies, Koer, Univent (O'zbekiston), Rotorica, CRAFT, Системные конвекторы, Пермский Фланцевый Завод (Rossiya), AHI Carrier FZC (BAA), Herborner Pumpenfabrik (Germaniya), Daehan Flexible Duct Hose (Koreya Respublikasi) va boshqa kompaniyalar o’rin olgan.
Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan va ko‘rgazma veb-saytining bosh sahifasida joylashgan Iteca Connect ilovasida kompaniyalar haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin. Platforma uchrashuvlarni rejalashtirish, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan kompaniyalar faoliyati bilan tanishish, pavilyon xaritasi yordamida ko‘rgazma bo‘ylab harakatlanish va boshqa ko‘p vazifalarni osonlashtiradi.
Rasmiy ko’mak:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
- Toshkent shahar hokimligi
Tashkiliy ko’mak:

Bosh axborot hamkori:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Техnik hamkor:

Internet - hamkor:
Media-ko’mak:
.png)
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18,
E-mail: pr@iteca.uz; www.plastex.uz
Aquatherm® - Wiener Messe und Congress GmbH kompaniyasiga tegishli jahonga mashhur brend bo’lib, uning ostida ko'plab mamlakatlarda shunga o'xshash ko'rgazmalar o’tkaziladi. O‘zbekistonda Iteca Exhibitions ushbu brenddan foydalanishga ruxsat berilgan yagona yuridik shaxs hisoblanadi.