Yangiliklar
O‘zbekiston issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish uchun 19 trillion so‘m ajratadi
Qurilish vazirligiga ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy muassasalarning energiya samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.Besh yil davomida O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimlarini tiklash va modernizatsiya qilish uchun 19 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z yuritildi.
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan hududlardagi issiqlik ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi 23 ta tashkilotni o‘z ichiga olgan “Issiqlik ta’minoti” yagona korxonasi tashkil etildi.
Kelgusi besh yilda issiqlik ta’minoti tizimlarini tiklash va modernizatsiya qilish uchun 19 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Buning natijasida markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish darajasi 37 foizdan 58 foizga oshadi, deyiladi xabarda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy muassasalarning energiya samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Qayd etilishicha, 9 mingta turar-joy binosi va ijtimoiy obyektlar yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi. Bu issiqlik yo'qotilishini ikki baravar, gaz sarfini esa 20 foizga kamaytiradi.
Manba