13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Markaziy Osiyoda isitish sektori zudlik bilan tubdan qayta tashkil etishga muhtoj - JB

Jahon banki “Barqaror isitish tizimiga o‘tish uchun asoslarni ishlab chiqish va amalga oshirish” nomli yangi hisobotini e’lon qildi. Unda Yevropa va Markaziy Osiyoning (ECA) 23 ta davlatida ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalari taqdim etilgan, deb xabar berdi bank matbuot xizmati.
Jahon bankining hisobotida aholiga, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga barqaror va arzon xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, samarasiz, ko‘p uglerodli yoqilg‘ilarga qaramlikni kamaytirish maqsadida hududiy issiqlik ta’minoti tarmog‘ini tubdan modernizatsiya qilish zarurligi qayd etilgan.

Hisobotda barcha uchun issiqlik ta'minoti xizmatlarining samaradorligi, barqarorligi va arzonligini oshirish zarurligi ta'kidlangan. Asrning o'rtalariga kelib emissiyaning nolga teng bo'lishiga erishish uchun ECA mintaqasi bugungi kunda mintaqaviy energiya iste'molining qariyb 24 foizini, shuningdek, issiqxona gazlari chiqindilarining taxminan 22 foizini tashkil etuvchi isitish sektorini tubdan o'zgartirishga muhtoj.


“Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari barqaror isitish tizimiga oʻtishni kechiktirmasligi kerak”, dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Antonella Bassani. “Tozaroq va samaraliroq isitish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish uchun maqsadli subsidiyalarni taqdim etuvchi tegishli iqtisodiy siyosat va davlat dasturlarini qabul qilish orqali mamlakatlar shu o‘n yillikdayoq isitishga bo‘lgan talabni kamaytirishi, havo sifatini yaxshilashi va chiqindilarni kamaytirishi mumkin”.