Yangiliklar
Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilashga 6 mlrd.so‘m ajratildi
Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt drenaj tizimi ishini tanqid qilgan edi.Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilashga 6 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning 22-oktabrdagi qarorida aytilgan.
Mablag‘lar mahalliy byudjetning 2024-yil uchinchi choragida ortig‘i bilan bajarilgan qismidan ajratildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida yog‘ingarchilik davrida suv toshqinlarining oldini olishga qaratilgan qurilish-ta’mirlash ishlariga 20,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Bir necha kun oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi drenaj tizimi ishini tanqid qilgan edi. Davlat rahbari kuchli yomg‘irni eslatib o‘tdi, bu esa “ishlarning haqiqiy ahvolini” ko‘rsatdi.