Yangiliklar
“Qiyin” mahallalarda quvvati 500 kVt/soatgacha bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Prezidentning “Qiyin mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini qurish orqali kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar haqida” qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi.
Hujjatga ko‘ra, “qiyin” mahallalarda 300–500 kVt/soat quvvatga ega kichik quyosh elektr stansiyalari daromad keltiruvchi aktiv sifatida tashkil etiladi.
Ushbu loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va rivojlanish jamg‘armasidan 110 million dollar ajratiladi.
Bundan tashqari, ushbu kichik quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyiha ishlari, davlat ekspertizasini o‘tkazish, tender asosida pudratchi tashkilotni aniqlash va qurilish-montaj ishlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi taqdim etiladi.
Shuningdek, kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga qabul qilish va boshqarish, shuningdek ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan olingan mablag‘larni taqsimlash tartibi belgilanadi.
Manba