13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Qariyb 1 GVt muqobil energiya quvvatini ishga tushirish rejalashtirilgan

Prezident isitish tizimlarini yangilash, elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni energiya tejash va muqobil energiyani joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Farg‘ona politexnika institutida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘rib chiqildi. Olimlarning aniqlashicha, bitta Logon podstansiyasida yiliga 5 million kVt/soat yoki tabiiy yo‘qotishlar normasidan 1,5 baravar ko‘p yo‘qotiladi.

113 ta transformator punkti o‘rtasida yukni teng taqsimlash orqali 765 ming kVt/soat energiya yo‘qotilishining oldini olish mumkin, deydi mutaxassislar. Yana 1,1 million kVt/soat suv nasos stansiyalari yaqinidagi transformatorlarga reaktiv quvvat akkumulyatorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi.

Birgina Farg‘ona viloyatida jami energiya yo‘qotishlari 15,5 million kVt/soat yoki 6 milliard so‘mga baholanmoqda. Takliflarni nafaqat bu yerda, balki boshqa hududlarda ham hayotga tatbiq etish choralarini ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning gazni tejash borasidagi tajribasi ham muhokama qilindi. 95 ming oilaga samarali gaz gorelkalari o‘rnatilib, isitish tizimi izolyatsiya qilingani 145 million kub metr gazni tejash imkonini berdi, yana 16 ming xonadonda ish olib borilgandan so‘ng bunga 20 million kub metr gaz qo‘shiladi.

Davlat rahbari 1 million xonadonda isitish tizimini yangilash bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, u yirik gaz iste’molchilariga alohida e’tibor qaratishga chaqirib, ularning atigi 25 foizida energiya tejovchi yechimlar joriy etilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Prezident korxonalarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidladi. Maqsad 2027-yilgacha suv xo‘jaligi tizimining kamida to‘rtdan bir qismini “yashil” energiya, birinchi navbatda quyosh energiyasi bilan ta’minlash.

Yil oxirigacha aholi uchun 182 MVt, tadbirkorlik uchun 791 MVt muqobil energiya manbalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Prezident ayrim sohalarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilarni qattiq ogohlantirdi.

Avvalroq Spot “O‘zenergoinspektsiya” Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tishi haqida yozgan edi.