14-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026" ko’rgazmasi

6 - 8 oktabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistondagi korxonalar tabiatga yetkazadigan zararni kamaytirgani uchun mukofotlanadi

tomonidanma`lumotlarHuquqiy axborot Telegram kanali, hujjat atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha birinchi va ikkinchi toifadagi korxonalarga taalluqlidir. Ular uchun bosqichma-bosqich rag‘batlantirish mexanizmi nazarda tutilgan.

Aniqlik kiritilishicha, birinchi bosqichda korxona atmosfera havosining ifloslanishini fon monitoringi stansiyasini o‘rnatishi kerak. Ushbu shart bajarilgan taqdirda, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha qarzlar hisobdan chiqariladi, shuningdek, ikki yil muddatda respublika byudjetiga o‘tkazilgan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizi qaytariladi.

Ikkinchi bosqichda monitoring stansiyasini o‘rnatgan korxona kelgusi yil davomida o‘z ishlab chiqarishini chang va gaz tozalash inshootlari va (yoki) mahalliy oqava suvlarni tozalash inshootlari bilan jihozlashi shart. Ushbu shartlar bajarilgan taqdirda, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun respublika byudjetiga yuborilgan to‘lovlarning 70 foizi ikki yil ichida qaytariladi.

Bildirishnoma va unga ilova qilingan hujjatlar ular olingan kundan boshlab 15 ish kunidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Natijalar bo`yicha rag`batlantirish to`g`risida xulosa tuziladi.



Manba