13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O`zbekiston Suv xo`jaligi vaziri o`rinbosari tayinlandi

Suv xo'jaligi vazirining o'rinbosari — Suv xo'jalik ob'ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga Zakhir Ishpulotov tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovdan oldin Ishpulotov Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

U 2005 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti gidrotexnika muhandisi yo'nalishi bo'yicha tahsil olgan va 2009 yilda ushbu institutning magistratura bo'limini tamomlagan. Ishpulotov shuningdek, texnik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Suv resurslari ekspluatatsiya qilish agentligi direktori vazir o'rinbosariga tasdiqlangan limitlar asosida suv ta'minoti va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish va elektr energiyasi iste'molini kamaytirish choralarini ko'rish vazifasi yuklatilgan.

Manba