Yangiliklar
MDHdagi №1 brendining to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega premium santexnika uskunalari!

GAPPO & FRAP GROUP — bu yuqori sifatli dush tizimlari, smesitellar va hammom aksessuarlari ishlab chiqarish bo‘yicha MDH bozorida yetakchi va №1 ishlab chiqaruvchi sifatida e'tirof etilgan xalqaro brendlar guruhi.
Kompaniya 2002-yilda tashkil etilgan. Germaniyaning ilg‘or texnologiyalari va yuqori aniqlikdagi robotlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy to‘liq siklli zavodlar mahsulotni loyihalashdan tortib yakuniy sinov va yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni ta’minlaydi.
Biz Yevropa va MDH mamlakatlari (jumladan O‘zbekiston) bozorlarini ham qamrab olgan holda dunyoning o‘nlab mamlakatlariga mahsulot yetkazib beramiz. Mahsulotlarimiz ekologik xavfsizlik, yuqori ishonchlilik (toza jezdan tayyorlangan korpus va Ispaniya kartrijlari) hamda har bir hamkorga individual yondashuv bilan ajralib turadi.