13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

JAHON INVEST PLAST MChJ kompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan.


Korxonaning asosiy faoliyati - plastik mahsulotlar, xalq iste'moli tovarlari, 18 000 litrgacha bo'lgan plastik yomkost idishlar, plastik mebellar, stullar va stollar, plastik qutilar, plastmassa quvurlar va fitinglar, latun fitting va latun sharlar - jami 2000 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarishdir. Bu O'zbekiston ichki bozorini to'liq qoplaydi va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham eksport qilinadi.
Ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli mahalliy va import xomashyosidan Hyosung, Sabic, Lotte Chemical kabi ishlab chiqaruvchilarning (polipropilen, PPR, polietilen, ABS, PVX) foydalanamiz.
Sifat nazorati

Mahsulot sifati JIPlast kompaniyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Korxonada sifat nazorati bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- xom ashyoning omborga joylashda sifat nazorati;
- ishlab chiqarishni uzluksiz nazorat qilish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini tizimli nazorat qilish.

Ishlab chiqarish texnologiyasi:
Korxonada plastmassalarni bosim ostida quyish, ekstruziya qilish va qayta ishlash bo'yicha eng zamonaviy texnologiyalar mavjud:
- plastmassani yuqori bosimli quyish;
- quvur ekstruziyasi va ikkita shnekli ekstruziya qilish;
- ekstruziya puflab shakl berish;
- rotatsion shakl berish, rotational molding;
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar muvofiqlik sertifikatlari va gigiena sertifikatlariga ega. Ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Italiya, Germaniyadan xarid qilingan.
Kompaniya doimiy ravishda ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar ustida ish olib boradi, eng yangi texnologiyalar va plastmassani qayta ishlash sanoatidagi bozor tendentsiyalarini hisobga olib, mahsulot turlarini va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirib bormoqda.
Kompaniyaning ishlab chiqarish va ombor binolarining umumiy maydoni 30 000 kvadrat metrdan ortiq. Xodimlar soni 320 kishidan ortiqni tashkil etadi.
Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oxirgi iste’molchiga maksimal qulaylik yaratib, dilerlik tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda.