Yangiliklar
HeatClub jurnali AquaTherm Tashkent 2026 ko`rgazmasining strategik axborot hamkori bo`ldi

HeatClub – muhandislik santexnika, suv ta’minoti, konditsionerlash va muhandislik tizimlarini avtomatlashtirish sohalaridagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan jurnal.
Jurnalda loyihalashning dolzarb masalalari yoritiladi, Rossiya muhandislik uskunalari bozorining holati, tendensiyalari va istiqbollarini aks ettiruvchi soha mutaxassislari bilan intervyular, soha yangiliklari hamda turli o‘zgarishlarga oid tahliliy materiallar taqdim etiladi. Shuningdek, HVAC bozori sharhlari, import o‘rnini bosish va mahalliy sanoatni rivojlantirishga oid materiallar ham e’lon qilinadi.
Jurnal mutaxassislar uchun vebinarlar tashkil etadi.
Jurnal bepul tarqatiladi.