13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Energetika vazirligi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “yashil” energiya boʻyicha maʼlumotlarni oshkor qildi

Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari (GES)larda 4 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar bermoqda.

“Bugun (20-oktabr) soat 12:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizdagi barcha quyosh va shamol elektr stansiyalarida yil boshidan buyon ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 4 milliard kVt/soatni tashkil etdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shundan 3,5 milliard kVt/soat quyosh elektr stansiyalarida, 506,4 million kVt/soat shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan.

Buning natijasida 1,2 milliard kub metr tabiiy gaz tejab, atmosferaga 1,6 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasining bu miqdori 2 million xonadon uchun 10 oylik ijtimoiy normani yoki 1,6 million xonadon uchun yillik normani tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2030-yilga borib umumiy hajmdagi “yashil” energiya ishlab chiqarish ulushini 40 foizga yetkazmoqchi. 2024 yil boshiga kelib shamol stansiyalarining umumiy hajmdagi ulushi atigi 10 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, joriy yilning fevral oyida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalarining salohiyati elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojdan 10-12 baravar yuqori ekanligini ta’kidlagan edi.

Shu bilan birga, 2024 yil oxiriga kelib yashil energiya ishlab chiqarish hajmi 13 milliard kilovatt-soatga yetishi va uning mamlakatning umumiy energetika balansidagi ulushi 15 foizni tashkil etishi bashorat qilingan edi.

Avvalroq Kun.uz O‘zbekistonda dastlabki ikki oyda aholidan 500 million so‘mlik elektr energiyasi xarid qilingani haqida yozgan edi.