14-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026" ko’rgazmasi

6 - 8 oktabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Aquatherm® Tashkent 2025 o‘zining soha yetakchisi maqomini tasdiqladi


2025-yilning 7-9-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda Iteca Exhibitions kompaniyasining 30-yubiley ko‘rgazmalar mavsumining kuzgi turkumidagi navbatdagi tadbiri – «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" 13-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Aquatherm® Tashkent – O‘zbekistonda HVAC texnologiyalari, suv ta’minoti, loyihachilar, pudratchilar va kommunal soha mutaxassislari uchun muhandislik yechimlari sohasidagi yetakchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma hisoblanadi.

Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz” MKKning ikkita pavilyonda, shuningdek, ochiq maydonida joylashdi.

Aquatherm® Tashkent 2025 ko‘rgazmasida 13 davlatdan - Ozarbayjon, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston va Chexiyadan - 175 ta kompaniya ishtirok etdi. Tadbirga 7400 dan ortiq nafar tashrif buyurdi, ularar qatoridan 5496 nafarni noyob mutaxassislar tashkil etdi.

Ishlab chiqarish va savdo kompaniyalari va O‘zbekistonning barcha hududlaridan soha mutaxassislari hamjamiyatini yagona platformada birlashgani bozor ishtirokchilari o‘rtasida eng samarali hamkorlikni ta’minladi. Aquatherm® Tashkent biznesning barcha jabhalarini: ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va dilerlar, qurilish, loyihalash va montaj tashkilotlari mutaxassislari va davlat idoralarini namoyish etdi.

Mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish loyihalari fonida ko‘rgazma zamonaviy turar-joy va sanoat infratuzilmasi uchun zarur bo‘lgan ilg‘or muhandislik yechimlarini namoyish etish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi. O‘zbekistonda havo va suv sifatini inobatga olgan holda turar-joy loyihalari sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni izlayotgan yirik loyihachilar uchun O‘zbekistonda dolzarb bo‘lgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tendentsiyalarni hisobga olgan holda, joriy yilda “Ventilyatsiya va havoni qayta tiklash” va “Suvni tozalash va tejash” bo'limlariga e'tibor qaratildi.

Ishtirokchilar orasida yetakchi jahon brendlari Midea, Wilo, Haier, Bosch, Hisense HVAC, Kan Sp. z o.o., Wavin Pilsa, Turkiya HVAC va R eksportchilar uyushmasi (ISIB) va boshqalarni takidlash mumkin. Pavilyonlarda isitish, suvni tayyorlash, havoni isitish va sovutish va suvni tozalash bo‘yicha innovatsion yechimlar, keng turdagi quvurlar, armatura va issiqlik izolyatsiyalash materiallari namoyish etildi. Ishlab chiqaruvchilarning xilma-xilligi mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘rtasida ishbilarmonlik muloqoti uchun samarali platforma yaratdi.

Aquatherm® Tashkent 2025 ko‘rgazmasi natijalari brendning xalqaro tadbirlar portfelida ham, O‘zbekistonning yetakchi sanoat tadbirlarida ham uning yuksak darajasi va ahamiyatini ko‘rsatadi. Ko'rgazma muvaffaqiyatini uning ishtirokchilari ham tasdiqlaydi.

Miroslav Kudej, Chuděj kompaniyasi egasi:

"Biz traplar, tomlar uchun tizimlar, yomg'ir suvi quyish moslamalari va quvurlarni mahkamlagichlarini ishlab chiqaradigan Chexiya kompaniyasimiz. Aquatherm Tashkent yangi aloqalarni o'rnatishimiz uchun ajoyib platformaga aylandi - mahsulotlarimizga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Bu bizning ikkinchi ishtirokimiz bo'lib, turli mamlakatlardan - Eron, Ozarbayjon, Qirg'izistondan ko'proq tashrif buyuruvchilar, ko'proq kompaniyalar va ko'proq potentsial mijozlarni ko'rmoqdamiz. Kelasi yil qaytishni rejalashtirmoqdamiz”.

Nikola Kolato, eksport sotuvlar bo'yicha menejer, Lovato:

"Lovato Spa” kompaniyasi (Italiya) isitish uskunalari, jumladan, Hercules taqsimlah tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yil biz hamkorimiz Climadens bilan birgalikda ilk bor Aquatherm Tashkentda ishtirok etmoqdamiz. Biz so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bozorida katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz va uni mahsulotlarimiz uchun muhim manzil deb bilamiz. Ko'rgazma ajoyib taassurot qoldirdi – tashrif buyuruvchilar soni, maqsadli auditoriya va professional tashkillashtirish. Bizning hamkorimiz Climadens ko'rgazmada uchta sovrinni qo'lga kiritganidan xursandmiz - bu biz ishonchli va kuchli hamkorni tanlaganimizni tasdiqlaydi. Kelgusi yilda ham ishtirok etishni rejalashtirganimizdan mamnunmiz”.

Maksim Kuno, mintaqaviy menejer CA-W, Kan Group:

"Isitish va suv ta'minoti uskunalari ishlab chiqaruvchi Polshaning Kan kompaniyasining Aquatherm Tashkent ko'rgazmasida birinchi marta ishtirok etishi emas. Bu yil bizning stendimiz eng yaxshi korporativ dizayn uchun mukofotni qo'lga kiritdi va biz bu yuksak e'tirofdan mamnunmiz. Biz Aquatherm ko'rgazmalarini professional auditoriya uchun tanlaymiz - tashrif buyuruvchilar orasida aynan bizning mijozlarimiz: quruvchilar, montajchilar, loyihachilar. O‘zbekiston bozori faol rivojlanmoqda va biz bu jarayonning bir qismi bo‘lmoqchimiz.
Ko'rgazma yuqori saviyada o'tdi, bizni ko'plab yangi aloqalar bilan ta'minladi va kelgusi yilda ishtirok etishimizga ilhom berdi."

Jurat Salimjonov, marketing bo'yicha menejer, Dynamic System Distribution / Haier:

"Biz Aquatherm Tashkent ko'rgazmasida birinchi marta ishtirok etdik va natijalardan juda mamnun bo'ldik. Ma'lumki, Aquatherm suv ta'minoti, isitish va ventilyatsiya bo'yicha yetakchi ko'rgazma hisoblanadi. Haier kompaniyasi uchun biz hozir e'tibor qaratayotgan ushbu segmentda o'z o'rnimizni egallash uchun ajoyib imkoniyat edi. Bizning stendimiz eng yaxshilaridan biri deb topildi va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan mijozlar bilan qimmatli aloqalar o‘rnatish imkonini berdi”.

Ko‘rgazmaning dolzarb mavzusi va turdosh soha vakillarini mavjudligi keng rezonans uyg‘otdi: tadbir 37 manba, jumladan, davlat va xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar, kompaniyalar, bloggerlar hamda 25 ta mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritildi. Tadbirda tegishli davlat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati vakillari, ishtirokchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari tashrif buyurdi.

2026 yil 6-8-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda bo‘lib o‘tadigan “Aquatherm® Tashkent 2026” 14-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli ochiq. Qo'shimcha ma'lumot uchun loyiha direktori Alla Dzyurich bilan +9989 71 205 18 18 telefon raqami yoki alla.dzyurich@iteca.uz bog’laning.

Tashkiliy ko’mak: “O‘zekspomarkaz” MKK AJ

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Bosh axborot hamkori:

Texnik hamkor:

Internet hamkor:
Axborot komagi


Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Aquatherm® - Wiener Messe und Congress GmbH kompaniyasiga tegishli jahonga mashhur brend bo’lib, uning ostida ko'plab mamlakatlarda shunga o'xshash ko'rgazmalar o’tkaziladi. O‘zbekistonda Iteca Exhibitions ushbu brenddan foydalanishga ruxsat berilgan yagona yuridik shaxs hisoblanadi.