13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Aquatherm Tashkent ko’rgazmasining tashrif buyuruvchilarini qanday mahsulotlar qiziqtiradi?


Tashrif buyuruvchilarning eng katta qiziqishini isitish va suv ta'minoti uskunalari, shuningdek quvurlar, fitinglar va armaturalar o’tg’otdi.


2024-yil 2-4 oktabr kunlari Toshkentdagi "O'zekspomarkaz" MKKda 12-Xalqaro Aquatherm Tashkent ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir O'zbekistondagi yagona tarmoq ko'rgazmasi bo'lib, unda barcha turdagi muhandislik yechimlari har tomonlama taqdim etildi.

Ko’rgazmada 192 ta kompaniya ishtirok etdi, ulardan 149 tasi birinchi marta o’z mahsulotlarini namoyon etdi.

Ekspozitsiyada taqim etilgan mahsulotlar bilan O'zbekistonning 12 viloyatidan va dunyoning 31 mamlakatidan 6 847 nafar soha mutaxassislari tanishdi.

Tashrif buyuruvchilarning 42 foizi ko'rgazma yakunlari bo'yicha xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirgan, bunda an'anaviy ravishda isitish va suv ta'minoti uskunalari eng katta talabga ega bo'lgan.

Tashrif buyuruvchilarning mahsulotga qiziqishi: so'rov natijalari*

20% isitish uskunalari
26% suv ta'minoti uskunalari
22% quvurlar, fitinglar va armatura
12% boshqarish, o'lchov, tartibga solish va avtomatlashtirish asboblari
11% montaj, kesish va payvandlash asboblari
21% iqlim hosil qilish va ventilyatsiya
9% muhandislik tizimlarini o'rnatish xizmatlari
15% basseynlar, saunalar, vannalar va spa
4% avtonom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari.

Uskunalarning qo'llanilishi sohalariga qiziqishni taqsimlashga kelsak, Aquatherm Tashkent 2024 tashrif buyuruvchilari orasida maishiy texnikaga qiziqish (74 foiz) sanoat texnikasiga (57 foiz) ko'ra ustun keldi.

Aquatherm Tashkent 2025 ko’rgazmasi 2025 yil 7-9-oktyabr kunlari Toshkentdagi "O'zekspomarkaz" MKKda bo'lib o'tadi. Stendni bron qiling va uskunalaringizni maqsadli auditoriyaga namoyish eting!

Stendni bron qilish