13-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025" ko’rgazmasi

7 - 9 oktabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

АKFА BUILD kompaniyasi sizni SHIVАKI brendi ostida ishlab chiqariladigan havo beruvchi va soʼruvchi ventilyatsiya sohasidagi yangi yechimlari bilan tanishib olishga taklif qiladi!


Ular 2-4 oktyabr kunlari AquaTherm Toshkent 2024 koʼrgazmasida “Oʼzekspomarkaz” MKK, D10 stend, 2 pavilionda namoyish etiladi.

АKFА BUILD mahsulotlar segmentida:
  • Sanoat va maishiy konditsionerlar
  • Isitish jihozlari

Bizning yechimlarimiz turar joy va tijorat binolarida xavfsiz va sogʼlom atmosferani yaratishga yoʼnaltirilgan boʼlib, asosiy eʼtibor samaradorlik va ishonchlilikka qaratilgan.


АKFА BUILD tomonidan taqdim etiladigan Shivaki havo beruvchi va soʼruvchi qurilmalari toza havo berish hamda ishlatilgan havoni bartaraf qilish funksiyasini mujassamlashtirib, turar joy, tijorat va sanoat obyektlari uchun qulay sharoitlarni yaratadi. Ushbu tizimlar eng yangi energiya tejovchi va samarali ventilyatsiya texnologiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan boʼlib, bu nafaqat sogʼlom atmosferani taʼminlaydi, balki ishlatish xarajatlarini minimallashtirishga imkon beradi.

АKFА BUILD mutaxassislari HVAC sohasida koʼpyillik tajribaga ega. D10 stendiga tashrif buyurib, bunga shaxsan amin boʼlingiz.


Sovutish va ventilyatsiya tizimi sohasida ishlaringizni yetakchilarga ishonib topshiring. АKFА BUILDdan Shivaki bilan birgalikda qulaylik yarating!