Yangiliklar
Aquatherm Tashkent 2026 davlat organlari va biznes e’tibor markazida
14-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026» ko’rgazmasi 6-oktabr kuni "O‘zekspomarkaz" MKKda ochildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Ko‘rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Ochilish kunida 11 mamlakatdan kelgan 200 dan ortiq kompaniya va brendlardan iborat ekspozitsiyaga faxriy mehmonlar va hamkorlar tashrif buyurishdi:
- Toir Alimatov, vazir o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi
- Saidnosir Usmonov, vazir maslahatchisi, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi
- Nuriddin Xo'jaqulov, departament boshlig’i, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi
- Zulxumor Uralova, matbuot xizmati, Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmasi
- Jeki Chjan, direktor o'rinbosari, Zhejiang viloyati xalqaro savdoni rivojlantirish bo'yicha Xitoy Kengashi qo'mitasining savdoni rivojlantirish departamenti (CCPIT Zhejiang)
- In Chjiun, Xitoy xalqaro ko'rgazma markazi direktori (CIEC)
- Aleksandr Ogorodnikov, Belarus Respublikasining O'zbekistondagi elchisi
- Janybek Abdildaev, Qirg'izistonning O'zbekiston Respublikasidagi savdo missiyasi eksperti, Qirg'iziston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi attashesi
- Talant O'rozalimov, Qirg'izistonning O'zbekiston Respublikasidagi savdo vakolatxonasining eksperti, Qirg'iziston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi attashesi
Mehmonlarning ishtiroki ko‘rgazmaning soha rivojiga qo‘shayotgan yillik muhim hissasini ta’kidladi.
O'zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri maslahatchisi Saidnosir Usmonovning so'zlariga ko'ra, Aquatherm Tashkent ko’rgazmasi qurilish sanoati ehtiyojlari va zamonaviy texnologiyalar o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lib kelmoqda. Stendlarda yangi yechimlar va texnologiyalar taqdim etilgan bo'lib, ular bugunoq qurilishni yanada rivojlantirishga ta'sir qilishi mumkin. Xorijiy kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar va biznes vakillari muzokaralar olib boradilar va bozorning haqiqiy ehtiyojlariga javob beradigan yechimlarni topadilar. Shuning uchun Aquatherm Tashkent sohani rivojlantirish uchun juda qadrlidir: ko'rgazma texnologiya, tajriba va biznesni uyg'unlashtirishga yordam beradi, sohani yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Ko’rgazma ochilishidanoq “Oʻzekspomarkaz” pavilyonlarida ish faolligi qizg‘in davom etmoqda: tashrif buyuruvchilar gavjum, jonli namoyishlar va yangi shartnomalar. O‘nlab biznes uchrashuvlar, test-drayvlar, mahorat darslari va taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Kompaniyalar hamkorlik aloqalarini muhokama qilmoqda, shartnomalar tuzmoqda va O‘zbekiston hamda mintaqada HVAC-sanoatining kelajagini shakllantiradigan muhandislik yechimlarini namoyish etmoqda.
Aquatherm Tashkent 2026 6-oktabrdan 8-oktabrgacha "O'zekspomarkaz" MKKda bo'lib o'tadi va yana bir bor tasdiqlaydi: bu professionallar butun yil davomida kutadigan platforma bo’lib, aynan shu yerda soha kelajagini belgilaydigan biznes va innovatsiyalar muhiti tug'iladi.
Tashrif buyuruvchilarni onlayn ro‘yxatga olish https://aquatherm-tashkent.uz/uz/korgazmaga-tashrif-buyuring havolasi orqali